Mindora - "Pomodoro"
Pomodoro usuli — bu vaqtni boshqarishning samarali uslubi bo‘lib, diqqatni jamlash va samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Bu sahifada siz ish va dam olish oralig‘ini tartibli boshqarish orqali unumdorlikni oshirishingiz mumkin. Har bir sikl sizni maqsad sari bir qadam yaqinlashtiradi.

Pomodoro usuli qanday ishlaydi:

  • Maqsad: Avval biror vazifani tanlab oling. Uni yengilroq bosqichlarga ajrating - bu bajarishni osonlashtiradi va aniq yo‘l ko‘rsatadi.
  • Taymer: So‘ng taymerni 25 daqiqaga belgilang - bu 1 ta Pomodoro hisoblanadi.
  • Bajarish: Taymer tugaguncha faqat shu vazifa ustida ishlang. Chalg‘imasdan to‘liq diqqatni jamlash muhim.
  • Tanaffus: 25 daqiqa tugagach, 5 daqiqa dam oling. Bu tanaffus organizmga kuch yig‘ish imkonini beradi.
  • Dam olish: Har 4 ta Pomodorodan so‘ng yani 1 sprintdan so'ng uzoqroq tanaffus oling - 15 daqiqadan 1 soatgacha. Yangi boshlayotganlar uchun 1 soatlik dam tavsiya qilinadi, lekin dam olish vaqtida video o'yinlar yoki ijtimoiy tarmoqlarga kirish tavsiya etilmaydi.

Maqsadi

Pomodoro usulining asosiy maqsadi - diqqatni jamlash, charchoqni kamaytirish va vazifalarni samarali bajarishga yordam berishdir. Bu usul orqali siz har bir daqiqani reja asosida foydali o‘tkazishga odatlanasiz va ishingizdagi unumdorlik sezilarli darajada oshadi.